1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

2026-yildan Haj vizasi faqat tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi asosida beriladi

Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki soxta ma’lumot bergan ziyoratchilarga nisbatan choralar ko‘riladi.

2026-yildan Haj vizasi faqat tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi asosida beriladi

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumidan boshlab haj safariga boruvchi har bir ziyoratchiga tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi rasmiy guvohnoma talab etilishini ma’lum qildi. Ushbu guvohnoma Saudiya Arabistonining rasmiy “Nusuk” platformasi orqali tasdiqlanishi lozim.

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi hajni tashkil etuvchi idoralarga har bir nomzodni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘i ziyorat sharoitlariga mos keladiganini aniqlash majburiyatini yukladi. Mazkur choralar haj marosimlarida xavfsizlikni oshirish va hojilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan.

 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki soxta ma’lumot taqdim etgan shaxslarning vizasi rasmiylashtirilmaydi, bunday holatlarda Saudiya Arabistoni Haj vazirligi tomonidan qat’iy choralar ko‘riladi.

 

Bayonotda sog‘lig‘i tufayli Haj safariga ruxsat etilmaydigan bir qator kasalliklar ham sanab o‘tildi. Ular orasida buyrak yetishmovchiligi, og‘ir yurak va o‘pka kasalliklari, jigar sirrozining og‘ir bosqichi, ruhiy buzilishlar, qarilik demensiyasi, faol yuqumli kasalliklar hamda homiladorlikning so‘nggi uch oyligi kabilar bor.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi ziyoratchilarni ushbu talablarni jiddiy qabul qilishga chaqirib, bu chora-tadbirlar haj ishtirokchilarining hayoti va salomatligini himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика