Dunyo resurslari instituti tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi kutilmoqda.
2040-yilga borib O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aziyat cheka boshlaydi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori xavfli hududdir.
Kelajakda, hatto, yetarli suv resurslariga ega mamlakatlarda ham suv tanqisligi sezila boshlaydi. Bu bir qator omillar - infratuzilma va suv taqsimlashdagi xatoliklar, ifloslanish, mojarolar yoki suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarish bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishi esa suv tanqisligi muammosini tezlashtirib yuboradi.
Yuqoridagi xaritada qizil rangdagi hududlar bilan 2040 yilga borib 80 foiz aholisi suv tanqisligidan aziyat chekadigan davlatlar tasvirlangan (O‘zbekiston shu xavfli hududlar ro‘yxatida).


