1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

5-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

5-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.  

 

toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,   yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat toshkent viloyatining ayrim tumanlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda  2 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 darja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li tumanlarida havo  o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика