1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda zilzila vayronalari ostida qolgan ayollar qutqarilmayapti - The New York Times

Ayollarga yordam ko‘rsatishda Tolibonning qat’iy taqiqlari qo‘shimcha to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda.

Afg‘onistonda zilzila vayronalari ostida qolgan ayollar qutqarilmayapti - The New York Times

Afg‘onistonda 31-avgust kuni yuz bergan halokatli zilzilalardan so‘ng qutqaruv ishlari hanuz murakkab sharoitlarda olib borilmoqda. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi mamlakatdagi delegatsiyasi rahbari Joy Singxalning ma’lum qilishicha, yer silkinishlari oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar va vayron bo‘lgan yo‘llar yordam ko‘rsatish jarayonini jiddiy kechiktirmoqda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim viloyatlarda aholining tibbiy muassasalarga yetib borishi zilzilagacha ham 4–5 soatlik masofani talab qilgan, tabiiy ofat esa bu qiyinchiliklarni yanada keskinlashtirgan. “Biz vayronalar ostidagi odamlarni vaqtida qutqara olmayapmiz, shuning uchun ko‘proq inson hayoti xavf ostida qolmoqda”, dedi Singxal.

 

Shuningdek, xalqaro OAV, jumladan The New York Times nashri, Tolibon hukumatining ayollar va erkaklar o‘rtasidagi qat’iy cheklovlari ham qutqaruv ishlarini murakkablashtirayotganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruvchilar ko‘pincha erkak qarindoshi yonida bo‘lmagan ayollarga yordam ko‘rsatmagan. y

Vayronalar ostidagi yarador ayollar boshqa ayollar yoki erkak qarindoshlaridan yordam kutishgan, chunki Tolibon o‘rnatgan me’yorlar bir oila a’zosi bo‘lmagan erkaklar va ayollar o‘rtasida har qanday jismoniy aloqa qilishni taqiqlaydi.

 

Natijada yarador ayollar qo‘shni qishloqlardan odamlar kelib, ularni chiqarib olishini kutishgan. Qutqaruvchilar erkak qarindoshi bo‘lmaganlarga yordam berishgan, biroq tanaga tegmaslik uchun ayollarni kiyimlari bilan tortib olishgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 2200 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan, 3600 nafardan ziyod fuqaro esa jarohatlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика