1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Ukrainaga 11 soatlik eng yirik havo hujumini uyushtirdi

Kiyevdagi Vazirlar Mahkamasi binosi ilk bor zararlangan.

Rossiya Ukrainaga 11 soatlik eng yirik havo hujumini uyushtirdi

7-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukrainaga qarshi eng yirik havo hujumini amalga oshirdi. Zarba oqibatida Kiyevdagi Vazirlar Mahkamasi binosiga ilk bor zarar yetdi.

 

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 6-sentabr oqshomidan 7-sentabr tongiga qadar Rossiya armiyasi tomonidan 818 ta havo zarbasi berilgan. Bu hujum tarkibiga 805 ta “Shahed” turidagi dron va turli imitatorlar, 9 ta “Iskander-K” qanotli raketasi hamda 4 ta “Iskander-M/KN-23” ballistik raketalari kiradi.

 

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari 751 ta nishonni – 747 ta uchuvchisiz uchoq va 4 ta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, 9 ta raketa va 56 ta dron nishoniga yetib, 37 ta obyektning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hujum 11 soatdan ortiq davom etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика