1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda 27 yil soxta ayblov bilan qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

U 1998-yilda qotillikda ayblanib qamalgan.

AQShda 27 yil soxta ayblov bilan qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

Minnesota shtatida 1998-yilda qotillikda ayblanib 27 yil qamoqda saqlangan Brayan Xuper sud qarori bilan oqlanib, ozod qilindi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

 

Xuper o‘sha paytda 77 yoshli Enn Praznyakning o‘limida aybdor deb topilgan va unga qarshi hukm asosan Chalaka Yang ismli ayolning ko‘rsatmasiga tayanilgan edi. Keyinchalik Yang jinoyatni o‘zi sodir etganini tan olgan. Shuningdek, Xuperga qarshi guvohlik bergan qamoqxona mahbuslari ham o‘z bayonotlaridan voz kechishgan.

 

Sud qarori bilan erkak oqlanib, 27 yildan so‘ng oilasiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Prokuror Meri Moriarti:

“Biz janob Xuperning nihoyat ozod bo‘lgani uchun mamnunmiz va bu adolatsizlikda prokuratura idorasi o‘ynagan rol uchun uzr so‘raymiz”, — dedi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика