1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Rossiyaning tungi hujumi qasddan sodir etilgan jinoyatdir

Ukraina prezidenti xalqaro hamjamiyatni Kreml hujumlarini to‘xtatishga chaqirdi.

Zelenskiy: Rossiyaning tungi hujumi qasddan sodir etilgan jinoyatdir

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan 7-sentabrga o‘tar kechasi amalga oshirilgan keng ko‘lamli havo hujumini “qasddan sodir etilgan jinoyat” deb atadi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu kabi hujumlar urushni yanada cho‘zishdan boshqa natija bermaydi.

 

Zelenskiy Telegram’dagi murojaatida hujum oqibatida Kiyevda turar-joy binolari vayron bo‘lgani, yuqori qavatlarda yong‘in chiqqani, Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosi ham shikastlanganini ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, 20 dan ortiq fuqaro jarohatlangan.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hujum chog‘ida 800 dan ortiq dron, 13 ta raketa, jumladan ballistik raketalar qo‘llanilgan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari ulardan yuzlabini yo‘q qilgan bo‘lsa-da, ko‘plab obyektlar vayron bo‘ldi.

 

Zelenskiy shuningdek, Zaporojye, Krivoy Rog, Sumi, Chernigov va Odessa viloyatlarida ham vayronalar va qurbonlar borligini ta’kidladi. “Har bir qo‘shimcha havo mudofaa tizimi yuzlab insonlarning hayotini saqlab qoladi”, — dedi u.

 

Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatni agressiyani to‘xtatishga chaqirdi: “Dunyo Kreml jinoyatchilarini to‘xtata oladi, buning uchun siyosiy iroda zarur”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика