Afrikaning 23 davlatida vabo epidemiyasi kuzatilmoqda. Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga ko‘ra, joriy yilning o‘zida 205 mingta infeksiya holati qayd etilgan, o‘lim darajasi 2,1 foizga yetgan.
Vabodan o‘limning asosiy sababi suvsizlanishdir. Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga taʼsir qiladi.
G‘arbiy va Markaziy Afrikada yomg‘irli mavsum boshlanar ekan, 80 000 dan ortiq bola vabo bilan kasallanish xavfi ostida, deya ogohlantirdi BMT Bolalar jamg‘armasi. Buning sababi shundaki, yog‘ingarchilik paytida kanalizatsiya suvlari ko‘plab afrikaliklar foyalanadigan quduqlar va daryolarga to‘kiladi.
Xalqaro tashkilotlarning taʼkidlashicha, qitʼada vabo infeksiyalari ko‘payishining sabablaridan biri Afrikada sanitariya infratuzilmasiga yetarli darajada sarmoya kiritilmasligi. Masalan, ushbu kasallikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Janubiy Sudanda aholining atigi 16 foizi sanitariya sharoitlariga ega xolos.


