1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Alonso Real Madrid bilan shartnoma imzolashi mumkin

Murabbiy Florian Virtsni jamoaga qo‘shishni talab qilgan.

Alonso Real Madrid bilan shartnoma imzolashi mumkin

Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso kelasi mavsumdan boshlab "Real Madrid" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Alonso allaqachon klub bilan shartnoma imzolagan va “qirollik klubi”ni boshqarishga tayyorlanmoqda.


Muzokaralar davomida Alonso klub rahbariyatiga o‘z istaklarini bildirgan. Jumladan, u hozirda “Bayer Leverkuzen” safida to‘p surayotgan iqtidorli yarim himoyachi Florian Virtsni jamoaga qo‘shishni talab qilgan.


Alonsoning “Real”ga kelishi va Virtsning ehtimoliy transferi futbol olamida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xabar rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, futbol ixlosmandlari ushbu yangilikni sabrsizlik bilan kutmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика