1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Amaldorlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif qilinmoqda

Bu davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi.

Amaldorlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif qilinmoqda

 

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

 

"Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi", - deya yozgan Burhonov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 

“Bu – davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, – degan agentlik direktori.

 

Akmal Burhonov korrupsiyaga moyillik qanday qilib baholanishi borasida qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика