1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Amudaryoda avtomaktab xodimi pora bilan ushlandi

U pul evaziga fuqaroni imtihonlardan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Amudaryoda avtomaktab xodimi pora bilan ushlandi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.T. fuqaro A.s.ga go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari orqali hech qanday o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “V”, “s” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 400 AQSH dollari va 400 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Amudaryo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.P.” MCHJ avtomaktabi instruktori O.X. fuqaro Sh.U.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика