Andijon viloyatida bir fuqaro avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida 2 dona O‘rta Osiyo bo‘risini noqonuniy ravishda boqib kelgani aniqlangan. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi va viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farobiy MFYda yashovchi fuqaro A.A. tomonidan olib borilgan harakatlar tergov va surishtiruv davomida fosh qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2025-yil 23-may kuni bo‘rilarni o‘z ixtiyori bilan “Usmonobod Fayzi” MChJga qarashli hayvonot bog‘iga topshirgan.
Bo‘rilar veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilib, sog‘lom ekani tasdiqlandi. Hozirda ularning hayvonot bog‘ida qolishi va parvarishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.


