Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi hamda kommunal tashkilotlar hamkorligida gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvidan bo‘lgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish, ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash hamda aholi o‘rtasida to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
Joriy yilning 18 dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida tabiiy gazdan 510 mln. so‘m, elektr energiyasidan 41 mln. so‘m, ichimlik suvidan 114 mln. so‘m qarzdorliklar undirilishi taʼminlangan.
Mazkur tadbir doirasida to‘lovdan bo‘yin tovlagan 21 nafar isteʼmochilar tabiiy gaz tarmog‘idan, 4 nafari elektr tarmog‘idan uzildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida kommunal tashkilotlar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida olib borilgan ijro harakatlari davomida tabiiy gazdan 4,5 mlrd., elektr energiyasidan 15,5 mlrd. so‘m hamda ichimlik suvidan 3,3 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirilishi taʼminlangan.
Reyd tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.


