1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Nexia 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi

Oqibatda bola tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Andijonda Nexia 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi

Kecha, 25-sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon shahrida Nexia haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqida viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa soat 15:35 larda Andijon shahar “Bog‘ishamol” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi N.D. o‘zining “Nexia -2” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda — 2015 yilda tug‘ilgan I.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

 

Ushbu YTH oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib RSHTTYOIAM shifoxonasiga murojaat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика