Joriy yilning 25-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, D-087 “Marg‘ilon–Quva–Marhamat” avtomobil yo‘lining 7-kilometrida, “O‘rda tagi” MFY “Mustaqillik” ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Lacetti-2 avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Volkswagen rusumli tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida tez yordam mashinasida bo‘lgan yo‘lovchiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


