BMT Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Baxtiyor Saidov o‘zining telegram sahifasida mazkur muloqot O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlar manfaati yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratishdagi qatʼiy intilishni tasdiqlaganini qayd etdi.
Ukraina TIV rahbari ham X sahifasida uchrashuv haqida xabar berdi. U do‘stona ruhda kechgan muloqotda tomonlar siyosiy munosabatlarni qayta tiklash, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarida kelishib olganini taʼkidladi.
Sibigaga ko‘ra, Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirish hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash tarafdori.


