1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston—Palau o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Shu tariqa Palau O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 165-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston—Palau o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Palau Respublikasi rasmiy ravishda diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, qo‘shma bayonot Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Palau Davlat vaziri Gustav Aytaro tomonidan imzolangan.

 

Baxtiyor Saidov mazkur qadamni tarixiy ahamiyatga ega hujjat sifatida baholab, u nafaqat ikki davlatning ezgu niyatlarini ifoda etishini, balki kelgusidagi hamkorlik va sheriklikka yo‘l ochishini taʼkidlagan. Shuningdek, vazir O‘zbekiston va Palau o‘rtasida yangi imkoniyatlar hamda uzoq muddatli, mustahkam aloqalar o‘rnatilishini kutayotganini bildirgan.

 

Maʼlumot uchun: Palau — Tinch okeanida, Filippindan 800 km sharqda va Indoneziyadan shimolda joylashgan orol davlati. Mamlakat poytaxti — Ngerulmud. Palau O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 165-davlat bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика