1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklar uchun Koreyada mavsumiy ish dasturi qayta tiklanadi

O‘zbekiston va Koreya noqonuniy migratsiyani kamaytirish va hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi.

O‘zbekistonliklar uchun Koreyada mavsumiy ish dasturi qayta tiklanadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida Koreya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bir qator muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kasbiy malakalarni o‘zaro tan olish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish hamda odam savdosi va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Muzokaralar natijasida O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyada mavsumiy mehnat faoliyatiga (E-8 vizasi asosida) qayta jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, noqonuniy migratsiyani kamaytirish va mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida muntazam videokonferensaloqa o‘tkazuvchi qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика