1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Andijonda tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga ishga qabul qilishi evaziga o‘z xizmat xonasida kadrlar bo‘limi boshlig‘idan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика