Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktabda bolalar o‘rtasida majburlab pul yig‘ish holatlari borligi, pul bermaganlar kaltaklanishi aytilgan video tarqalmoqda.
Holat yuzasidan Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan, hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan o‘rganilmoqda.
“O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.


