1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijondagi maktabda ikki kishi spirt ichib vafot etdi

Holat darsdan keyin ovqatlanish jarayonida yuz bergan.

Andijondagi maktabda ikki kishi spirt ichib vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 36-umumtaʼlim maktabda 4 kishi spirtli ichimlik ichish ortidan halok bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda joriy yilning 22 oktyabr kuni 17:00 lar chamasida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas'uli, CHYOT Rahbari, qorovul va bir nafar o‘qituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni isteʼmol qilib zaharlangan.

 

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ulardan ikki nafari - direktor o‘rinbosari va qorovul vafot etgan.

 

Ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishdan so‘ng uyga qaytgan va ushbu jarayonlarda ishtirok etmagan.

 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика