1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Apple va Meta 700 million yevro jarimaga tortildi

Apple va Meta monopoliyaga qarshi qonunni buzganlikda ayblandi.

Apple va Meta 700 million yevro jarimaga tortildi

 

Yevropa Komissiyasi Apple va Meta kompaniyalarini Yevropa Ittifoqining Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonuni (DMA) talablarini buzganlikda ayblab, jami 700 million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Apple 500 million, Meta esa 200 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

 

Komissiya bayonotida aytilishicha, Apple foydalanuvchilarga o‘z xizmatlaridan mustaqil tanlov qilish imkoniyatini bermagan bo‘lsa, Meta esa shaxsiy ma’lumotlardan kamroq foydalanadigan alternativ xizmatni taklif etmagan. Jarima qarori kompaniyalar bilan o‘tkazilgan keng ko‘lamli muloqot va ularning fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilingan.

 

Avvalroq The Wall Street Journal bu haqda seshanba kuni e’lon qilinishi kutilayotganini xabar qilgan edi. Biroq, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi savdo muzokaralari sabab e’lon dushanba kuniga surilgan.

 

Bu jarimalar Yevropa Ittifoqining raqamli maydondagi raqobatni tartibga solishga qaratilgan qat’iy pozitsiyasini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика