1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni vaqtincha to‘xtatdi

Bu qaror AQSh va Eron o‘rtasidagi nozik diplomatik munosabatlarda burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni vaqtincha to‘xtatdi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan hafta Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leavitt Davlat departamenti, Moliya vazirligi hamda Milliy xavfsizlik kengashiga rasmiy ko‘rsatma yuborib, Eronga qarshi yangi iqtisodiy choralarni joriy etish bo‘yicha barcha ishlarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan.

 

Bu harakatlar prezident Donald Tramp davrida boshlangan “maksimal bosim” siyosatining amalda to‘xtab qolganidan dalolat beradi. Oq uyning hozirgi pozitsiyasi Tehronga nisbatan yanada ehtiyotkor yondashuvni anglatmoqda.

 

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli bu boradagi savollarga to‘liq rad javobi bermagan. Bu esa Oq uy pozitsiyasining o‘zgaruvchanligini ko‘rsatmoqda.

 

Manbaga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi so‘nggi marta 21-may kuni Eronga qarshi sanksiyalar kiritgan va shundan beri kamida ikki marta yangi choralarni e’lon qilishni kechiktirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика