1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Kongressi Bayden davrida qabul qilingan 22 ta qonunni bekor qildi

Bekor qilingan qonun va qoidalar soni 1996-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

AQSh Kongressi Bayden davrida qabul qilingan 22 ta qonunni bekor qildi

 

AQSh Kongressidagi respublikachilar 2025-yilda sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida qabul qilingan rekord miqdordagi normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qildi. Bu haqda Daily Caller nashri xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden prezidentligining so‘nggi oylarida tasdiqlangan 22 ta qoida va tartib Kongress tomonidan bekor qilingan.

 

Ushbu hujjatlar qazilma yoqilg‘i ishlab chiqarishni cheklash, benzin bilan harakatlanuvchi avtomobillar savdosini bosqichma-bosqich tugatish hamda overdraft to‘lovlarini cheklash orqali kreditlash imkoniyatlarini toraytirishga qaratilgan edi.

 

Qayd etilishicha, bekor qilingan qonun va qoidalar soni 1996-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика