1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqchi

Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida Kremlga qarshi choralarni kuchaytirish ehtimolini tasdiqladi.

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqchi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan aytib o‘tdi.

 

Davlat rahbari qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor qilmagan bo‘lsa-da, ushbu bayonot fonida AQSh ma’muriyatida Rossiyaga qarshi bosim choralarini kuchaytirish masalasi muhokama qilinayotgani ma’lum qilindi.

 

Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi raisi Kevin Xassett CBS News telekanaliga bergan intervyusida AQSh hukumati yaqinda Rossiyaning Ukrainaga qilgan harbiy hujumlari sabab Kremlga nisbatan yangi sanksiyalar paketi joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, yakuniy qarorni Prezident Trampning o‘zi qabul qiladi.

 

Ma’lumot uchun, AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari va xalqaro huquqni buzgan harakatlari uchun 2022-yildan buyon ketma-ket iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar joriy qilib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика