1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH tomon yangi migratsiya karvoni yo‘lga chiqdi

Minglab venesuelaliklar AQSH chegarasiga yaqinlashib qoldi.

AQSH tomon yangi migratsiya karvoni yo‘lga chiqdi

 

Venesueladan kelgan muhojirlar o‘tib bo‘lmaydigan o‘rmon orqali AQSH chegarasi tomon yurishmoqda. 3000 kishi kunduzi va kechasi to‘xtovsiz harakatlanmoqda.

 

"Na ochlik, na kasallik, na ilonlar bizni to‘xtata olmaydi. Odamlar charchagan. Biz tropik o‘rmon bo‘ylab 120 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tdik", deydi ulardan biri.

 

Noqonuniy muhojirlar daryolarni kesib o‘tishadi, faqat uzun navbat hosil bo‘lgan nazorat punktlarida to‘xtashadi. Immigratsiya xizmati hammani hisoblaydi va ro‘yxatga oladi.

 

Lotin Amerikasi davlatlaridan kelgan muhojirlar doimiy ravishda shtatlarga borishga intilishadi. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida 400 mingdan ortiq muhojir mamlakatga noqonuniy kirib kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика