1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Ukraina g‘allasi portlardan olib chiqilsa, Rossiyaga qarshi cheklovlarni yumshatadimi?

Politico nashri bir qator diplomatlar bilan shu mavzuda suhbatlashdi.

AQSH Ukraina g‘allasi portlardan olib chiqilsa, Rossiyaga qarshi cheklovlarni yumshatadimi?

 

Ukraina portlaridagi g‘alla jahon bozoriga chiqarilsa-da, Rossiyaga qarshi sanksiyalar yumshatilmaydi. Bu haqda Politico gazetasi AQSH hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Vashington hozirda Turkiya va BMTning Moskva bilan don eksporti masalasida olib borayotgan muzokaralarini kuzatib bormoqda. Ammo uning natijalariga katta ishonch bilan qaramayapti.

 

“Amerikalik diplomatlardan biri Moskvaning so‘rovini “diplomatik tamagirlik” deb atadi. U AQSH Kremlga qarshi qaratilgan har qanday iqtisodiy bosimni bekor qilmasligini aytdi”, – deb yozadi Politico.

 

BMTdagi manbalardan biri Rossiyaning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi talabi shusiz ham chigal vaziyatni murakkablashtirishini taʼkidlagan.

 

Avvalroq AQSH Kiyevga don saqlash uchun maxsus konteyner yetkazib bergani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика