1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Venesuelan neftini nazorat ostiga oladi, Xitoyga eksport to'xtatildi

Savdodan tushgan mablag‘lar Venesuela iqtisodiyotini tiklash maqsadida ishlatilishi rejalashtirilgan.

AQSh Venesuelan neftini nazorat ostiga oladi, Xitoyga eksport to'xtatildi

 

AQSh Venesuelaning dengiz blokadasini bekor qilish, biroq mamlakatning neft eksporti ustidan to‘liq nazorat o‘rnatmoqchi. Bu haqda AQSh energetika vaziri Kris Rayt 7-yanvar kuni Goldman Sachs energetika konferensiyasida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela neftini sotish jarayoni AQSh hukumati tomonidan amalga oshiriladi, savdodan tushgan mablag‘lar esa Vashington nazoratidagi maxsus hisob-raqamlarga yo‘naltiriladi. Keyinchalik ushbu mablag‘lar Venesuela iqtisodiyotini tiklash maqsadida ishlatilishi rejalashtirilgan.

 

Dastlab Venesuela omborlarida saqlanayotgan neft, keyinchalik esa noma’lum muddat davomida mamlakatda ishlab chiqariladigan xom neft sotilishi ko‘zda tutilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari Venesuela AQShga 30–50 million barrel neft yetkazib berishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, savdo bozor narxlarida amalga oshiriladi va tushum “ikki mamlakat xalqi manfaatlari uchun” sarflanadi.

 

Bloomberg agentligining xabar berishicha, mablag‘larni AQSh G‘aznachiligi hisoblarida saqlash ularni Venesuela kreditorlaridan himoya qilish imkonini beradi. Shuningdek, AQSh ma’muriyati Venesuelaga nisbatan sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

 

Tramp ma’muriyati Venesuela neft sanoatini tiklash jarayoniga Chevron, ExxonMobil va ConocoPhillips kabi Amerika kompaniyalarini jalb etish niyatida. Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, Venesuela energetika sektorini tiklash uchun 100–200 milliard dollargacha investitsiya talab etiladi.

 

Mazkur xabarlar fonida 7-yanvar kuni jahon bozorlarida neft narxlari pasaydi: Brent nefti 1,3 foizga tushib, barreliga 60 dollardan pastladi, WTI esa 2 foizga arzonlab, 56 dollarni tashkil etdi.

 

Shu bilan birga, Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Venesuela so‘nggi besh kun davomida Xitoyga neft yetkazib bermagan, AQShga eksport esa Chevron orqali davom etmoqda.

 

O'tgan oy, inqirozdan oldin, mamlakat Xitoyga kuniga taxminan 700 ming barrel va Qo'shma Shtatlarga kuniga 150 ming barrel neft yetkazib bergan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика