AQSH vitse-prezidenti J.D.Vens Фох Невс telekanaliga bergan intervyusida prezident Donald Trampning “ochko‘zligi” haqidagi bahslarga izoh berdi. Uning taʼkidlashicha, Trampning qatʼiy va manfaatparast siyosati Amerika xalqining farovonligi hamda Qo‘shma Shtatlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, AQSHga aynan shunday pozitsiyaga ega prezident zarur. U Trampning yondashuvini Amerika yetakchisidan kutiladigan tabiiy siyosiy xulq-atvor sifatida baholadi.
“U Amerika manfaatlarini himoya qilishga ochko‘z. Bizga Amerika xalqining farovonligi uchun ochko‘z bo‘la oladigan prezident kerak”, — dedi vitse-prezident.
Shu bilan birga, Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Tramp tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlarga munosabat bildirib, bunday bayonotlarni “qarilik mentaliteti” bilan izohladi. Petro AQSH prezidenti uni asossiz ravishda ayblaganini taʼkidlab, Trampni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarni keskin tanqid qilgan.
Avvalroq, Trampning Venesueladan keyin Kolumbiyaga nisbatan ham bosim o‘tkazishi mumkinligi haqidagi bayonotlariga javoban Gustavo Petro mamlakatini himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan edi.


