1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda ayol avariya sodir bo‘lgan mashinada 6 kun qolib ketgan

U omon qolish uchun faqat suv ichgan.

AQSHda ayol avariya sodir bo‘lgan mashinada 6 kun qolib ketgan

 

AQShning Indiana shtatida hayratlanari voqea sodir bo‘ldi. 41 yoshli uch farzandning onasi Briyona Kassel avtohalokatga uchrab, olti kun davomida shikastlangan mashina ichida qamalib qolgan.

 

Briyona rulda uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotib, avtomobili bilan yo‘ldan chiqib ketgan. Mashina ko‘prik ostidagi drenaj kanali ichiga tushib ketgan va jiddiy shikastlangan.

 

Ayol qattiq jarohatlangan va avtomobildan chiqib keta olmagan. U hayotini saqlab qolish uchun kanal suviga tayanishga majbur bo‘lgan. Otasi Delmar Kolduellning so‘zlariga ko‘ra, Briyona suvga yetib borish uchun qalpoqli jemperini ishlatgan – kiyimining matosini suvga botirib, keyin undan tomchilab chiqqan namlikni so‘rib chanqog‘ini qondirgan.

 

Ayolning omon qolishi tasodifiy holat natijasida yuz berdi. Yer qazish ishlari bilan shug‘ullanayotgan ishchilar ko‘prik ostidagi shikastlangan mashinani ko‘rib qolishgan. Ular avtomobil ichini ko'zdan kechirib, ayolni chiqarib olishgan va zudlik bilan tez yordam chaqirishgan.

 

Ayni paytda shifokorlar uning sog‘lig‘ini nazoratga olib, hayotga xavf tug‘diradigan holatlar yo‘qligini tasdiqlashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика