1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda gumanitar yordam samolyoti halokatga uchradi

Samolyotda 7 dan 9 nafargacha yo‘lovchi bo‘lgan, barchasi halok bo‘lgan.

AQShda gumanitar yordam samolyoti halokatga uchradi

 

AQShning Florida shtatida Yamaykaga insonparvarlik yordamini yetkazayotgan Beechcraft King Air rusumli yengil samolyot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan barcha shaxslar halok bo‘lgan.

 

Favqulodda holat Koral-Springs hududida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot parvoz paytida boshqaruvni yo‘qotib, turar-joy binosi yaqinidagi hovliga qulab tushgan. Shundan so‘ng u panjarani yorib o‘tib, ko‘lga quladi.

 

Voqea joyiga qutqaruv va g‘avvoslar guruhi jalb etilgan. Ular halokat joyida uchuvchi va yo‘lovchilarni qidiruv ishlarini olib bormoqda, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omon qolganlar yo‘q.

 

Samolyotda 7 dan 9 nafargacha yo‘lovchi bo‘lgan. Ular “Melissa” to‘foni oqibatida zarar ko‘rgan Yamayka aholisi uchun gumanitar yordamni yetkazayotgan edi.

 

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) halokat sabablari yuzasidan rasmiy tergov ishlarini boshladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика