1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda norozilik namoyishlari o'tkazilmoqda

Tartibsizliklar davom etsa, dengiz piyodalari jalb etiladi.

AQShda norozilik namoyishlari o'tkazilmoqda

 

AQShda noqonuniy muhojirlarning deportatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari kuchaymoqda. Mudofaa vaziri Pit Xegsetning ma’lum qilishicha, tartibsizliklarni jilovlash maqsadida Los-Anjelesga Milliy gvardiya safarbar etiladi. Zarurat tug‘ilsa, dengiz piyodalari ham jalb qilinishi mumkin.

 

Vazir ijtimoiy tarmoqdagi “X” sahifasida yozishicha, ICE (Immigratsiya va bojxona nazorati) xodimlari bilan namoyishchilar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda.

 

“Los-Anjelesdagi federal huquqni muhofaza qilish organlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Mudofaa vazirligi Milliy gvardiyani joylashtirishga kirishdi. Agar tartibsizliklar davom etsa, dengiz piyodalari ham yuqori jangovar shaylik holatida safarbar qilinadi”, — deya bayonot berdi Xegset.

 

Ma’lumot uchun, juma kuni shahar bo‘ylab noqonuniy muhojirlarning ommaviy hibsga olinishi boshlangan. Shanba kuniga qadar 44 kishi immigratsiya qonunlarini buzganlikda ayblanib hibsga olingan. Bu harakatlarga javoban shaharda ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика