1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda qurol sotib olish yoshi o‘zgaradi

Mazkur qonun Senatda Respublikachilar tomonidan bloklanishi ham mumkin

AQSHda qurol sotib olish yoshi o‘zgaradi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Vakillar palatasi mamlakatning turli hududlarida jumladan Texasning Yuvalde shahrida sodir bo‘lgan so‘nggi otishmalardan so‘ng yarim avtomatik qurol sotib olish yoshini 18 dan 21 ga oshiruvchi qonun loyihasini maʼqulladi.Bu haqda CNBC xabar berdi.

 

 

Maʼlum qilinishicha,Texasdagi boshlang‘ich maktablardan birida sodir bo‘lgan ommaviy otishma bilan bog‘liq fojiadan ikki hafta o‘tib, kecha, 8 iyun kuni AQSH kongressi vakillar palatasi demokratlarning ko‘pchilik ovozi bilan qurollar sotib olish bo‘yicha yoshni 18 yoshdan 21 yoshgacha oshirish bo‘yicha qonun loyihasini maʼqulladi.

Deyarli barcha demokratlar va respublikachilarning bir qismi qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasiga 228 deputat “yoqlab” va 199 deputat “qarshi” ovoz berdi.

 

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘tgan hafta xalqqa qilgan murojaatida mamlakatda yarim avtomatik qurollarni taqiqlashni, agar buning iloji bo‘lmasa, sotib olish yoshini 21 yoshga ko‘tarishga chaqirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика