Agar Ozarbayjon hududdagi armanlarning xavfsizligini kafolatlasa, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olishi mumkin.
Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan maʼlum qilgan. Bundan tashqari, Pashinyan Armaniston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga aʼzoligidan ham chiqishini maʼlum qildi. Agar bu tashkilotning mamlakatga foydasi tegmaydigan bo‘lsa Ozarbayjon KXSHTdan chiqishi kerak. Bunga sabab sifatida tashkilotga aʼzo mamlakatlar kelishuvga ko‘ra, boshqa davlatlardan qurol-yarog‘ xarid qila olmasligini ko‘rsatgan.


