“Biz butun mintaqada tinchlik o‘rnatish zarurligi haqida gaplashdik. Shu nuqtai nazardan Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solishimiz kerak. Jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi lozim. Uchrashuv va muzokaralar muammolarni hal qilish usullaridan biridir”, — dedi Grigoryan.
Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solish tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi maqomi bilan bog‘liq emas, dedi. Bundan avval Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan uning jamoasi Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishga, chegaralarni ochish va aloqalarni yaxshilashga tayyor ekanini bir necha bor bildirgandi. Pashinyan fikricha, bu qadam mintaqaga tinchlik va barqarorlik olib keladi.
Umumiy chegara birligi va qo‘shnichilikka qaramay, Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan. 2009-yilda Tsyurixda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish va munosabatlar tamoyillari to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi, biroq bu hujjatlar davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmadi. 2018-yil 1-martda Armaniston protokollar bekor qilinganini eʼlon qildi.
Armaniston rasmiylari bir necha bor Turkiya Ozarbayjonga 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojarolar paytida harbiy jihatdan yordam ko‘rsatganini bildirgan. Yerevan, shuningdek, Anqara mintaqaga Yaqin Sharqdan jangarilar yuborayotganini daʼvo qildi.
Nasiba To‘xtayeva


