Armaniston oʻzaro yordam shartnomasini qoʻllashni so'rab, Rossiyaga murojaat qilmoqchi, deb yozadi "RIA Novosti".
Bunday qaror bosh vazir Nikol Pashinyan raisligidagi mamlakat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. U kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilib, keskinlashgan mojaro haqida gapirgan, deb xabar qildi Armaniston hukumati matbuot xizmati.
"Bosh vazir Ozarbayjon qurolli kuchlarining Armaniston suveren hududiga qarshi yarim tunda boshlangan, artilleriya va yirik kalibrli o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgan provokatsion harakatlari tafsilotlarini taqdim etdi", — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi chegaradagi harbiy mojaroni Armaniston qurolli kuchlarining keng ko‘lamli provokatsiyasi deb atadi.
“Ozarbayjon armiyasining Dashkesan, Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi ayrim pozitsiyalari, boshpanalari va istehkomlari Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan intensiv o‘qqa tutildi”, — deyiladi Ozarbayjon xabarida.


