Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Arsenal" va "Portu" o'rtasidagi javob uchrashuvining asosiy vaqtida London klubi raqibni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ikki o‘yin (1:1) yakuniga ko‘ra, uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarda davom etdi va unda jamoalar gol ura olmadi. Penaltilar seriyasida “Arsenal” futbolchilari g'alabani qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, “Arsenal” 2010-yildan buyon ilk marta Chempionlar ligasining chorak finalida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Arsenal” to‘rt o'yinda g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynagan va bir marta mag‘lub bo‘lgan. Jamoa “B” guruhida birinchi o‘rinni egallab, turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanma olgandi.


