1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Avstraliyada zilzila oqibatida 50 ga yaqin binolar vayron bo‘ldi

Mahalliy fuqarolardan birining nashrga maʼlum qilishicha, yer silkingan paytda u yashaydigan 6 qavatli uy chayqalib, tebrangan.

Avstraliyada zilzila oqibatida 50 ga yaqin binolar vayron bo‘ldi

 

 

Maʼlumotlarga qaraganda, Avstraliyaning Melburndan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Mensfild shahrida (Viktoriya shtati) 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

 

 

 "The Sydney Morning Herald" maʼlumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlarini Sidney va Kanberra aholisi ham sezgan. Aniqlanishicha,  bu Viktoriya shtatining  quruqlikda qayd etilgan eng yirik zilziladir.

 

    ABC News yozishicha, zilzila oqibatida Melburnda 46 ta bino qisman vayron bo‘lgan, 35 mingdan ortiq xonadon elektr tokidan uzilib qolgan.

 

 

    Mahalliy fuqarolardan birining nashrga maʼlum qilishicha, yer silkingan paytda u yashaydigan 6 qavatli uy chayqalib, tebrangan.

 

 Seysmologlar maʼlumotlariga ko‘ra, kelgusi haftalar yoki hatto oylar mobaynida yerosti silkinishlari takrorlanishi ehtimolidan ogohlantirdi hamda zilzila epitsentri tog‘larda joylashgan, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda ekanligini taʼkidlab o‘tgan.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика