Avstraliyalik 40 yoshli erkak to‘liq sunʼiy yurak bilan kasalxonani tark etgan dunyodagi birinchi odamga aylandi. Uning yuragi og‘ir kasallik tufayli ishdan chiqqan va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun zamonaviy texnologiya yordamida sunʼiy yurak o‘rnatishga qaror qilishgan. Muvaffaqiyatli jarrohlik va davolanish jarayonidan so‘ng, u o‘zini yaxshi his qilib, uyiga javob berildi.
Sunʼiy yurak inson organizmining qon aylanishini taʼminlashda tabiiy yurak kabi ishlaydi va bemorning barcha fiziologik ehtiyojlarini qondiradi. Bu tibbiy yutuq yurak transplantatsiyasiga muhtoj bemorlar uchun katta umid bermoqda. Shifokorlar bemorning holatini muntazam kuzatib, sunʼiy yurakning samaradorligini baholab boradilar.
Bemor sunʼiy yurakka tez moslashganini va o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan. U vrachlar jamoasiga va tibbiyot fanining rivojiga minnatdorlik izhor qilgan. Bu voqea dunyo tibbiyoti tarixida yangi va muhim bosqich sifatida qayd etilmoqda


