Kecha, 8-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida “MAN” rusumli avtobus haydovchisi piyodalar o‘tish joyida ikki kishini urib yuborgan. Hodisa oqibatida 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohatlari sabab vafot etgan. Avtohalokatga uchragan 5 yoshli bola Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.
Shundan so‘ng bemor zudlik bilan MSKT hamda ultratovush tekshiruvlaridan o‘tkazilgan va unga “Avtotravma. Qo‘shma jarohat. Bosh miya yopiq jarohati va chayqalishi. Qorin bo‘shlig‘ining yopiq jarohati. Qora taloq yorilishi. Ko‘krak qafasi yopiq jarohati. O‘ng o‘pkaning lat yeyishi. Bosh ensa sohasining ezilib yirtilishi” kabi dastlabki tashxis qo‘yilgan.
Tibbiy ko‘rsatma va standartlarga muvofiq bemorda zudlik bilan bir necha turdagi murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.