Aziz Abduhakimov Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Aziz Abduhakimov Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

 

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.

 

Mazkur farmonga ko‘ra:

Ekologiya qo‘mitasi faoliyatiga Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi rahbarlik qiladi. Ushbu lavozimni bundan avval ekologiya vaziri sifatida faoliyat yuritgan Aziz Abduhakimov egalladi.

 

Qo‘mita raisining to‘rt nafar o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Ularning maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport bilan ta’minlash shartlari Prezident maslahatchilari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi

 

Mazkur islohotlar ekologiya boshqaruv tizimini kuchaytirish, muvofiqlashtirishni yaxshilash va davlat ekologik siyosatini samarali amalga oshirishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика