Bahraynda davom etayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari ketma-ket yutuqlarga erishmoqda.
Taekvondo bo‘yicha musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori, -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rushanaxon Ravshanova final bahsida xitoylik raqibasini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ahadjon Muxtorov finalda Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib, Osiyo yoshlar o‘yinlari chempioniga aylandi.
Aralash jang san’ati yo‘nalishida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. -50 kg vazn toifasida Avaz Anvarov qozog‘istonlik Sanjar Imangalini mag‘lub etib, o‘zbekistonliklar uchun dastlabki oltin medalni keltirdi. -55 kg vazn toifasida esa Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston sportchilari mazkur yutuqlari bilan mamlakat delegatsiyasining umumiy hisobidagi medallar sonini sezilarli darajada oshirdi.


