Tailand poytaxti Bangkokda zilzila oqibatida qulagan 30 qavatli Bosh Auditorlik binosi vayronalari ostidan 14 nafar jasad topildi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu hodisada tasdiqlangan qurbonlar soni 29 nafarga yetdi, yana to‘qqiz kishi jarohat olgan, 59 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruvchilar hali ham vayronalar ostida qolganlar borligiga ishonmoqda. Ayniqsa, lift shaxtasida tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, Myanmada sodir bo‘lgan 7,9 magnitudali zilzila natijasida butun mintaqada talofatlar kuzatilmoqda, Tailandda esa qurbonlar soni 36 nafarga yetdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


