Namoyishchilar mamlakatni 15 yil davomida boshqarib kelgan Shayx Hasina hokimiyatini ag‘dardi.
Dushanba kuni minglab kishilar bosh vazir qarorgohi “Ganobhaban”ga bostirib kirgan. Internetda tarqalgan videolarda namoyishchilar bosh vazir qarorgohini ostin-ustun qilayotgani aks etgan.
Armiya shtabi boshlig‘i, general Vaker-Uz-Zamon mamlakat xalqiga murojaatida bosh vazir isteʼfoga chiqqanini tasdiqlagan. Vaker-uz-Zamon vaqtincha hukumat shakllantirilishini maʼlum qilgan.
Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Hasina vertolyotda qo‘shni Hindistonga uchib ketgan, bu yerda uning xavfsizlikda bo‘lishiga vaʼda berilgan.


