Dakkada yuz bergan yong‘inda kamida 43 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, yong‘in poytaxtdagi restoranda 29 fevral kuni soat 21:50 da boshlangan. Voqea joyida 12 o‘t o‘chirish brigadasi ishlagan. Olov o‘chirilgan.
Yong‘in sabablari haqida maʼlumot berilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


