1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bashar al-Asadning oilasi bilan Rossiyada siyosiy boshpana topgani aytilmoqda

Rossiyada hozirda 1,200 dan ortiq suriyalik sobiq ofitser va amaldorlar yashayotganligi bildirildi.

Bashar al-Asadning oilasi bilan Rossiyada siyosiy boshpana topgani aytilmoqda

Germaniyaning Die Zeit nashri Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasi hozirda Moskvaning markaziy qismi – “Moskva-Siti” hududidagi hashamatli osmono‘par binolardan birida yashayotganini ma’lum qildi. Nashrning Asadlar oilasiga yaqin manbasi xabar berishicha, sobiq davlat rahbari vaqtini asosan onlayn videoo‘yinlarga sarflaydi va ayrim hollarda yashayotgan binoning birinchi qavatida joylashgan savdo markazida ko‘rinish beradi.

 

Manbaga ko‘ra, Asadlar oilasi “Moskva-Siti” hududida 20 ga yaqin qimmatbaho kvartiralarga egalik qiladi. Biroq ular Rossiya hukumati tomonidan belgilangan ayrim shartlar doirasida yashaydi. Xususan, ularga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki ommaviy chiqishlar qilish taqiqlangan.

 

Die Zeit suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra: “Agar Asadlar oilasi bu talablarni buzmasa, ular Rossiyada xavfsizlik kafolatiga ega bo‘ladi va ularning ekstraditsiya qilinishi masalasi kun tartibiga qo‘yilmaydi. Ularning shaxsiy xavfsizligi maxsus xususiy qo‘riqlash xizmatlari tomonidan ta’minlanadi”.

 

Shuningdek, nashrning ma’lumot berishicha, hozir Rossiyada 1,200 dan ortiq suriyalik sobiq ofitser va yuqori lavozimli amaldorlar istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati Suriyadagi fuqarolik urushi tugaganidan so‘ng Rossiyaga ko‘chib o‘tgan.

 

Mazkur ma’lumot Rossiya tomoni tomonidan rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Die Zeit xulosasiga ko‘ra, Moskva Asad rejimining sobiq a’zolariga siyosiy boshpana va himoya taqdim etayotgan bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика