Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Mixail Sheremet AQSH prezidenti Jo Baydenni davolanish uchun Qrimga kelishni taklif qildi.
“Menimcha, Qo‘shma Shtatlarda Baydenni shunchaki masxara qilishadi. Biz undan jiddiy xavotirdamiz. Ishonchim komilki, unda to‘plangan kasalliklar surunkali bezovtalik bilan bog‘liq bo‘lib, bu amerikalik targ‘ibotchilar qanchalik harakat qilishmasin, televizor ekranlarida yaqqol aks etadi. Bayden Qrimga davolanish uchun kelishi mumkin. Rossiyada toza havo, zamonaviy tibbiy jihozlar va eng yaxshi shifokorlar bor”, — dedi Sheremet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidentiga buyuk vakolatlar berilgan va uning davlati yadroviy qurolga ega, shuning uchun butun dunyo uning aqli rasoligidan manfaatdor.
“Afsuski, Baydenning atrofidagilar uni nazorat qilish mumkin bo‘lgan qo‘g‘irchoq sifatida ishlatishadi”, — dedi deputat.
Sheremet Qrimga tashrif buyurgan Bayden vataniga sog‘lom fikrli va xalqaro siyosatda adekvat qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutlaqo boshqa shaxs bo‘lib qaytishini aytgan.


