1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Saudiya Arabistoniga safarga tayyorlanmoqda

Tashrifdan maqsad – ikki davlat o'rtasidagi sovuqchilikka marham berish.

Bayden Saudiya Arabistoniga safarga tayyorlanmoqda

 

Oq uyning Yaqin Sharq boʻyicha koordinatori Brett Makgurk Jo Baydenning Saudiya Arabistoniga 15-iyul kungi tashrifiga yakuniy tayyorgarlik koʻrish uchun yoʻl oldi. Bu haqda “Axios” nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden avval Isroil va G‘arbiy Sohilga, so’ng  Saudiya Arabistoniga keladi. U Tel-Avivdan Jiddaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qiladi. AQSH prezidenti qirollikda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Ummon, Misr, Iordaniya va Iroq rahbarlari ishtirokidagi sammitda ishtirok etadi.

 

Tashrif ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni tiklash, Saudiya Arabistonida neft qazib olishni koʻpaytirish zarurati hamda Saudiya Arabistoni va Isroil oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish choralariga bagʻishlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика