Agar Ukrainaning yengilishi muqarrar bo‘lsa, AQSH prezidenti Jo Bayden u yerga NATO ruxsatisiz ham yashirin qo‘shinlarni yuborishi mumkin, deb yozadi Asia Times.
“Agar Bayden Ukrainaning yaqin orada parchalanishini bashorat qilsa, Amerika aralashuvini inkor etib bo‘lmaydi. U hech qanday NATOsiz “ko‘ngillilar” yuborishi mumkin, ammo bu holatda ham alyans omon qolmasligiga ishonish uchun asos bor – bu Baydenning hujumga uchraganligi uchun emas, balki aldanganligi uchun”, – deydi nashr.
“NATOning aniq pozitsiyani tanlamagani qiziq: ehtimol AQSHning kuchli bosimi taʼsir qilmoqda. Nemislar Boltiq dengizi tubidan suv yuzasiga ko‘tarilayotgan pufakchalarni ko‘rib, Bayden maʼmuriyati qanchalik beparvo ekanligini allaqachon anglab yetishgan”, – deya xulosa qilinadi maqolada.
G‘arb siyosatchilari Ukrainaning jang maydonida Rossiyani mag‘lub etishi kerakligi haqida tinimsiz gapirib, Kiyev rejimiga tobora ko‘proq qurol-yarog‘ yubormoqda. Kreml bunga javoban harbiy yordam hech narsani tubdan hal qilmasligini, faqat Ukraina xalqining azobini uzaytirishini aytdi.


