Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraщyenko “Fokus” nashrida eʼlon qilingan maqolasida AQSH va Ukraina prkzidentlariga “Nobel” mukofoti berishni taklif qildi. Maqolada aytilishicha, Bayden va Zelenskiy to‘liq masshtabli urush bo‘lishining oldini olgani uchun mukofotga loyiq.
"Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymagan Vladimir Zelenskiy, Jo Bayden, Boris Jonson, Emmanuel Makron va boshqa yetakchilar kuchlarini birlashtirib Yevropada ikkinchi sovuq urush boshlanishining oldini oldi va ular bu yil “Nobel” tinchlik mukofotini qo‘lga kiritishi kerak", — degan Geraщyenko.
Shuningdek, u 16-fevral kuniga rejalashtirilgan “hujum” Ukrainaning g‘arbiy hamkorlari bilan birlashgani sababli amalga oshmaganini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq germaniyalik jurnalist Xans-Yurgen Moris Yevropaga sovuq urush yaqinlashayotganini yozgandi.


